Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti Navoiy filiali 1983-yilda tashkil qilinib, o‘sha yilning o‘zidayoq Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga   asos solingan.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti  Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2008-yil 29-avgustdagi 161-sonli buyrug‘iga asosan “Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti” nomi bilan tashkil topgan.

Fakultetga 1985-1998 yillarda dots.A.Q.Zayniddinova, 1998-2005 yillarda dots.A.A.Jalilov, 2005-2007 yillarda  dots.Sh.A.Abdullaeva, 2007-2007 yillarda dots.F.R.Ro‘ziqulov,  2010-2011 yillarda  dots.M.S.Suyunov, 2013-yilda dots.D.Ahadova, 2013-2015 yillarda  dots.G.D.Shamsidinova, 2015-yilda dots.D.J.Muradova, 2016-2022  yillarda dots.Sh.J.Xudoyorov, 2022-yil dekabr oyidan boshlab dots.G.D.Shamsidinova dekanlik qilmoqda.