Fakultet tarkibi

“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti tarkibida  ikkita: “Boshlang`ich ta’lim”, va “Maktabgacha ta’lim”  kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida 61 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib borib, shulardan fan doktorlari,  professorlar 4  nafar, fan nomzodlari va dotsentlar  25  nafar, katta o‘qituvchilar 18 nafar, o‘qituvchilar 13 nafarni tashkil etadi. 

Fakultetning ilmiy salohiyati  44,2  % ni tashkil etadi.  

Olima ayollar soni 25  nafardan iborat.

Fakultet professor-o`qituvchilarining o`rtacha yoshi – 35, 5 yoshni tashkil etadi.

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasida  2025-2026- o‘quv yilida jami  40 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan asosiy shtatdagilar 31 nafarni tashkil etadi.

Asosiy shtatdagilardan: 1 nafar professor, 2 nafar fan doktori, dots., prof.v.v.b., 5 nafar dotsent, 6 nafar falsafa doktori (PhD), 7 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar  assistent-o‘qituvchi, 3 nafar doktorant;  ichki o‘rindoshlardan: 1 nafar fan nomzodi, professor, 1 nafar dotsent, 5 nafar assistent-o‘qituvchi; tashqi o‘rindoshlardan:  2  nafar o‘qituvchi;  soatbaylardan 1 nafar professor, 2 nafar dotsent,1 nafar o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib boradi.

 Kafedraning ilmiy salohiyati  51 % ni tashkil qiladi.

Maktabgacha ta’lim kafedrasida faoliyat ko‘rsatayotgan professor- o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati. Kafedrada 30 nafar asosiy shtatda professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 1 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi, dotsent; 3 nafari katta o‘qituvchi; 20 nafari assistent-o‘qituvchi lavozimida.