Kafedra tarixi

Navoiy davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi 2015-yil 28-fevralda institutning 74-AFO (asosiy faoliyatga oid) buyrug‘i asosida tashkil etildi. Kafedra shu yilgi amaldagi kafedralarni tashkil etish nizomiga ko‘ra, ikki nafar ilmiy darajali va besh nafar o‘qituvchi, jami yetti nafar professor-o‘qituvchi bilan  faoliyat yurita boshladi. Maktabgacha ta’lim kafedrasiga filologiya fanlari doktori, professor Davlatova Ra’no Haydarovna mudirlik qilib kelmoqda, faoliyati davomida kafedrani yanada rivojlanishi va ilmiy salohiyatini oshishida alohida e’tibor qaratgan.
Kafedraning maqsadi.
Kafedraning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yuksak kasbiy mahoratga ega, zamonaviy bilim va ko’nikmalarni puxta egallagan, innovatsion fikrlaydigan hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning vazifalari.

— Zamonaviy pedagoglarni tayyorlash.
— O’quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
— Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish.
— Talabalarning amaliy ko’nikmalarini mustahkamlash.
— Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
— Professor-o’qituvchilarning malakasini muntazam oshirib borish.

Kafedra mudiri

Davlatova Ra’no Haydarovna – filologiya fanlari doktori, professor, Navoiy davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri.

U ko’p yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo’lib, kafedraning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil etib kelmoqda. Uning rahbarligida ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilib, ilmiy salohiyatni oshirish, iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash hamda maktabgacha ta’lim tizimi uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Kafedra salohiyati

Bugungi kunda kafedrada jami 30 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning 1 nafari professor, fan doktori, 6 nafari dotsent, 9 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Qolgan professor-o’qituvchilar assistent lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.

Ilmiy salohiyat 34 foizni tashkil etadi.

Ilmiy va o‘quv yo‘nalishlari

Maktabgacha ta’lim kafedrasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi. Ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan.

Amaliy o‘quv muhiti

Maktabgacha ta’lim kafedrasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar malakaviy amaliyotlarni viloyat va tumanlardagi davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘taydilar.